35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan “Bandi Eshon” ko‘chasi uzoq yillardan buyon asfaltlashtirilmay kelinayotganligi, ushbu holat esa aholiga kuz-qish mavsumlarida noqulaylik tug‘dirayotganligi va e’tirozlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan murojaat qilindi.

Murojaatda mazkur ko‘chani asfaltlashtirish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash orqali aholiga munosib sharoitlar yaratishga amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘ralgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida:
Qo‘qon shahar “Davronbek” MFY aholisi tomonidan qilingan murojaat bo‘yicha “Bandi Eshon” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasida qanday chora-tadbirlar ko‘rilishini ma’lum qilish;
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi VII-15-105-11-166-K/25-sonli Qaroriga asosan “Davronbek” MFYdagi “Bandi Eshon” ko‘chasi qachon asfaltlashtirilishi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etilishi hamda murojaat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2