35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

ISLOHOTLAR AMALDA! “Dolzarb 90 kunlik” doirasida

Andijon pedagogika texnikumida hududni obodonlashtirish va tozalash ishlaridan so‘ng pedagog xodimlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda texnikum direktori, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tomonidan viloyat hokimi tashabbus va topshiriqlarining ijrosi, shuningdek, kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish hamda belgilangan chora-tadbirlarning amaliy ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, xodimlarga suyultirilgan gaz ballonlarini davlat tomonidan ajratish va ulardan foydalanish tartibi, belgilangan mezonlar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3