35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlarga biriktirilgan 162 ta qonunlar ijrosi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dildoraxon Talipova tomonidan o‘ziga biriktirilgan qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Andijon shahrida joylashgan “Ozorniye Pochemuchki” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida mazkur qonun talablari ijrosi, jumladan, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, ovqatlanish sifati hamda ota-onalar bilan ishlash jarayonlari o‘rganildi.

O‘rganish yakunida deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4