Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 16-Yorboshi saylov okrugi deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Avazbek Appaqov tomonidan "Yorboshi" MFYda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida mahalla raisi bilan birgalikda aholini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Hududlarda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.