35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 16-Yorboshi saylov okrugi deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Avazbek Appaqov tomonidan "Yorboshi" MFYda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida mahalla raisi bilan birgalikda mahalla yettiligi faoliyati, aholi bilan ishlash jarayonlari hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Hududlarni rivojlantirish, aholi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va mahallalar obodligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2