Har payshanba — "Yoshlar kuni" munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov tomonidan "Al-Buxoriy" MFY yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha fikr almashildi.
Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish va ularning muammolariga amaliy yechim topish ishlari izchil davom ettirilmoqda.