35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

TUMAN QISHLOQ XO‘JALIGI BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 134-son “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

🔎 Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📚 O‘rganish jarayonida bo‘lim xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy o‘quv mashg‘ulotlari va tushuntirish tadbirlarining muntazamligi, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini xodimlarga yetkazish hamda elektron o‘quv materiallaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

📌 Shuningdek, xodimlarning huquqiy bilimlarini baholash jarayoni, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

Slide 1 of 4