35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Xitoylik investorlar Uchko‘prik tumanida 25 turdagi kvars oynalari ishlab chiqaruvchi yangi zavod barpo etadi
янв.21
Mergan mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Mergan mahallasida bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Uchko‘prik tumani delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida samarali muzokaralar o‘tkazildi
янв.21
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
янв.21
Geografik obyektlar nomlari davlat tilida me’yorlashtiriladi
янв.21
Ochiq muloqot: deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tomorqadan unumli foydalanish va obodonlashtirish — deputatlik nazoratida
янв.21
Fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi
AXBOROT UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️AXBOROT UCHRASHUVIDA KO‘TARILGAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 20-“Foziltepa” saylov okrugi deputati Iftixor Ziyoyev 2026-yilning ikkinchi choragidagi deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berish jarayonida ko‘tarilgan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida Uchtepa tumanidagi “Ko‘hna Cho‘pon ota” mahallasiga joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.

🤝 O‘rganishda mahalla faollari, ko‘p qavatli uylar vakillari, boshqaruv tashkiloti hamda “Veolia Energy Tashkent” MChJ mutaxassislari ishtirok etib, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar bevosita joyida ko‘rib chiqildi.

♨️ Asosiy e’tibor 24-, 25- va 26-sonli ko‘p qavatli uylarning issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq holatlarga qaratildi. Xususan, isitish mavsumida tizimdagi bosim va issiqlikning xonadonlarga barqaror yetib borishini ta’minlash, mavjud quvurlarning texnik holati hamda ularni talab darajasiga keltirish masalalari mutaxassislar ishtirokida batafsil o‘rganildi.

⚙️ Shuningdek, 25-sonli uy atrofi orqali o‘tuvchi 130 mm diametrli issiqlik quvurini binoning yerto‘la qismiga kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, mazkur quvur 1992-yilda tashqariga chiqarilgan bo‘lib, yillar davomida uning joylashuvi bilan bog‘liq turli noqulayliklar yuzaga kelgan. Aholi va uy boshqaruvi vakillarining bu boradagi fikrlari ham tinglandi.

📨 Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan avval “Veolia Energy Tashkent” MChJga deputatlik so‘rovi yuborilgan bo‘lib, joyiga chiqib o‘rganish ushbu so‘rov ijrosini nazorat qilish va masalani amaliy yechimga olib chiqish maqsadida tashkil etildi.

📆 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutaxassislarga tegishli vazifalar belgilandi. Amalga oshiriladigan ishlarning sifati va yakuniy natijasi Iftixor Ziyoyevning deputatlik nazoratiga olindi.

🔺 Shu bilan birga, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalaridan kelib chiqib, hududdagi boshqaruv tashkiloti faoliyati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va yerto‘lalari, ularga tutash hududlarning sanitariya holati, yoritilishi va obodonlashtirilishi ham ko‘zdan kechirildi. Aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

💡 Deputat mahalla aholisi bilan muloqot davomida bildirilgan boshqa taklif va muammolarni ham o‘rganib, ularni “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftari”ga qayd etdi. Masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish va natijasi yuzasidan fuqarolarga axborot berib borish belgilandi.

✅ Saylovchilar oldidagi axborot uchrashuvida ko‘tarilgan masalalarning hududga chiqib o‘rganilishi deputatlik faoliyatida ochiq muloqotdan amaliy natijaga o‘tishning muhim mexanizmi hisoblanadi. Iftixor Ziyoyev tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, mas’ul tashkilotlarni jalb etish va ularning ijrosini nazorat qilish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5