35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Xitoylik investorlar Uchko‘prik tumanida 25 turdagi kvars oynalari ishlab chiqaruvchi yangi zavod barpo etadi
янв.21
Mergan mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Mergan mahallasida bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Uchko‘prik tumani delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida samarali muzokaralar o‘tkazildi
янв.21
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
янв.21
Geografik obyektlar nomlari davlat tilida me’yorlashtiriladi
янв.21
Ochiq muloqot: deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tomorqadan unumli foydalanish va obodonlashtirish — deputatlik nazoratida
янв.21
Fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi
#sorov_ijrosi #181_ds_369_26 📌 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Gulmira Karimovna Safarova tomonidan 2026-yil 27-iyuldagi 181-ds-369-26-sonli deputat so‘rovi orqali tumanda boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ma’lumot so‘ralgan edi.

Mazkur deputat so‘rovi Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 19-fevraldagi VII-19-17-795-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2026-yilda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan 683 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash vazifasi ijrosi doirasida yuborilgan.

📄 So‘rovga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 2026-yil 5-avgustdagi 09-05/01-1396-sonli javob xati taqdim etildi.
Javob xatida keltirilishicha, bugungi kunda Ishtixon tumanida 421 nafar xotin-qizga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi tayinlangan va mazkur nafaqalar to‘lab kelinmoqda.

Shuningdek, ushbu xotin-qizlarning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da mavjudlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan moddiy yordam va boshqa turdagi ijtimoiy ko‘maklar ko‘rsatib kelinayotgani ma’lum qilingan.

📌 Shu bilan birga, javob xatida deputat so‘rovida ko‘rsatilgan 683 nafar xotin-qiz bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emasligi sababli, ularga ko‘rsatilgan yordamlar yuzasidan to‘liq ma’lumot taqdim etish imkoniyati mavjud emasligi qayd etilgan.

Mazkur javob deputat tomonidan o‘rganilib, belgilangan vazifalar ijrosi, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash holati hamda mavjud muammolar yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, belgilangan dasturlar ijrosini o‘rganish va aniqlangan masalalarni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1