🏛 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 21-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputati Z. Abdurazzaqova o‘z saylov okrugi hududidagi Chag‘atoy mahallasining Qizilquloq qishlog‘ida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida hududdagi elektr tarmoqlarining holati, elektr ta’minotining barqarorligi hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, ayrim joylarda yaroqlilik muddatini o‘tab bo‘lgan va eskirgan simyog‘och tayanchlar mavjudligi aniqlandi.
⚡️ Bunday eskirgan tayanchlarni bosqichma-bosqich yangi temir-beton tayanchlarga almashtirish elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish va aholi uchun xavfsiz elektr ta’minotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, elektr ta’minotini yaxshilash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Barqaror elektr ta’minoti — aholi farovonligi va hudud rivojining muhim omili.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)