Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova Suvonobod mahallasi binosida bo‘lib, mahalladagi mas’ul xodimlar faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida hokim yordamchisi hamda mahalla profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash jarayoni, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududdagi mavjud masalalarni hal etish borasidagi faoliyat ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlaridagi ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.
O‘rganish yakunida mavjud masalalar muhokama qilinib, kelgusida mahalla aholisi manfaatlarini ta’minlash va hududdagi ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Mahalla — aholi bilan ishlashning eng muhim bo‘g‘ini!