35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mergan mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
Mergan mahallasida bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari olib borilmoqda
янв.21
Uchko‘prik tumani delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida samarali muzokaralar o‘tkazildi
янв.21
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
янв.21
Geografik obyektlar nomlari davlat tilida me’yorlashtiriladi
янв.21
Ochiq muloqot: deputatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Tomorqadan unumli foydalanish va obodonlashtirish — deputatlik nazoratida
янв.21
Fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi
янв.21
Oilalar totuvligi — jamiyat farovonligining muhim omili
янв.21
O‘tgan haftaning faol deputatlari
YUNUSOBOD TUMANINI OBODONLASHTIRISH ASOSIDA INSON MANFAATLARI USTUVORLIGI YOTADI …

Markazida inson manfaatlari bo‘lgan izchil siyosat, avvalo, aholi bilan ochiq muloqotni hamda ularni tashvishga solayotgan masalalarni amalda hal etishni taqozo qiladi.

🇺🇿Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati, hokimi A. Saidaliyev Mo‘yqo‘rg‘on va Binkat ko‘chalari kesishmasidagi hududga tashrifi chog‘ida aholi bilan suhbatlashib, ularning taklif va istaklari asosida yangi loyihani taqdim etdi. Uchrashuv yakunida bu yerda jamoat eko hududini barpo etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

✅Bugungi kunga kelib loyiha faol bosqichga o‘tdi: hududni tozalash va maydonni tayyorlash ishlari olib borilmoqda. 2,75 gektar maydonda mavjud yashil hududlarni saqlab qolgan holda kompleks obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ko‘zda tutilgan.

☘️Bu yerga olti turdagi 1 800 tup manzarali daraxt va olti turdagi 3 000 tup buta ekish, gulzorlar, yo‘laklar va dam olish hududlarini tashkil etish, yoritish tizimi, o‘rindiqlar va chiqindi qutilarini o‘rnatish hamda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

👉Yangi yashil hudud aholining fikri va ehtiyojlari hisobga olingan holda yaratilgan qulay, salqin va ekologik toza jamoat maskaniga aylanadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2