Keyingi manzilda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich Kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda o‘zi saylangan “Shamchiroq” MFY 11-Aqsungul saylov okrugi hududida Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-327, Qabul qilingan sana 26.04.2012) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
🏠 O‘rganish davomida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan fuqaro **H.B.**ning xonadonida yo‘lga qo‘yilgan faoliyat bilan tanishilib, yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
💬 Suhbat davomida tadbirkorning faoliyatini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.
💼 Tadbirkor tomonidan ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish uchun imtiyozli kredit olish hamda kattaroq bino zarurligi bildirildi.
🤝 Mazkur masalalarni hal etish yuzasidan hokim yordamchisi tomonidan tadbirkorga imtiyozli kredit olishda ko‘maklashish, shuningdek, faoliyatni kengaytirish uchun mos va kattaroq bino topish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
📈 Bunday amaliy yondashuv oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.