📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ibrohim Rasulov O‘rta Masjid mahallasida bo‘lib, hududni piyoda aylanib chiqdi hamda mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar, mavjud muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
📝 Shuningdek, mahalla infratuzilmasi, obodonlashtirish ishlari, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlari holati ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Bunday ochiq muloqot va joyiga chiqib o‘rganish ishlari fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.