Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar — mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning muhim omilidir.
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati F.Radjapova, Zangiota tumani prokurori J.Хayitboyev hamda tuman IIB boshligʻi A. Sultonov ishtirokida “Eshonguzar” mahallasida yigʻilish oʻtkazildi.
✨Yigʻilishda 2026-yilning 7 oyi davomida MFY hududida sodir etilgan jinoyatlar oʻrganilib, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✨Shuningdek, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga sabab boʻluvchi omillarni barvaqt aniqlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨Yigʻilish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha tegishli vazifalar belgilab olindi.