📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Xudayarov Baxrom Ziyavutdinovich Yangi Davr mahallasida fuqarolar uchun navbatdagi qabulni o‘tkazdi.
📝 Uchrashuv davomida aholi tomonidan asosan kommunal sohani yaxshilash hamda bandlikni ta’minlash masalalari yuzasidan murojaatlar yo‘llandi.
🔰 Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularning qonuniy va ijobiy yechimi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgiladi. Bir qator masalalar joyida tushuntirildi, muddat talab qiladigan muammolar esa nazoratga olindi.
✅ Farovonlik va muammolar yechimi yo‘lidagi tizimli muloqotlar davom etmoqda.