35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#munosabat

Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining ilk bor Prezident sovrini uchun o‘tkazilib, munosib g‘oliblarni taqdirlashi yurtimizda mehnatkash va malakali kadrlarga bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir.
🌏Ayniqsa, qurilish, ishlab chiqarish va boshqa sohalarda o‘z kasbining haqiqiy ustasi bo‘lgan fidoyi insonlarni rag‘batlantirish yoshlarni kasb-hunar egallashga, mehnatga muhabbat va mas’uliyat bilan yondashishga undaydi.
🌏Davlatimiz rahbarining tanlov g‘oliblariga yo‘llagan samimiy tabrigi ham yurtimiz taraqqiyotida halol mehnat qilayotgan bunyodkorlarning o‘rni naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi.
🌏Ishonamanki, bu kabi nufuzli tanlovlar kasbiy mahoratni oshirish, sohaga ilg‘or tajribalarni keng joriy etish va yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassislar safini kengaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R.Bozorova