35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha qonun ijrosi o‘rganildi

Bandixon tumanida energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, tarmoqlarda yo‘qotishlarni kamaytirish hamda energetika infratuzilmasini takomillashtirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Bandixon" mahallasida joylashgan tuman elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Energiya tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–940-son) ijrosining borishini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida korxona tomonidan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan dasturiy loyihalar ijrosi, mavsumiy tayyorgarlik ishlari, texnik va texnologik qayta qurollantirish chora-tadbirlari hamda istiqboldagi rejalar atroflicha tahlil qilindi.

Monitoring yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan soha mas’ullariga tegishli uslubiy ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berildi

Slide 1 of 3