2026-yil 6-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V.Ruziyev tomonidan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy obyektlar faoliyatini o‘rganish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 Jumladan, Bog‘ishamol mahallasi hududidagi savdo markazi faoliyati bilan tanishildi.
📋 O‘rganish jarayonida savdo markazida yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish holati, tadbirkorlar faoliyati hamda hudud aholisi uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, mavjud masalalar va takliflar yuzasidan fikr almashilib, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha zarur yo‘nalishlar belgilandi.
✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati tomonidan hududlarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish ishlari davom ettirilmoqda.