35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#o'rganish #ta'lim

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari hamda kotibiyat mas’ullari tomonidan shahrimizning “Hamza” mahallasi hududida joylashgan Olmaliq davlat texnika institutida o‘rganish ishlari olib borildi.
O'rganishda:
Muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati;
sport zali va infratuzilma sharoitlari.

✅ Natija: Institut sport zalida talabalarning faol shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sport anjomlari zaxirasi yetarli darajada jamlangan, issiqlik tizimi esa to‘liq soz holatga keltirilganligi aniqlandi. Kamchilik va muammolar yuzasidan deputatlar tomonidan muammolarni qayd qilish jurnaliga kiritilib,  ijro nazoratiga olindi.

👥 Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev, Adham Xasanov hamda Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova ishtirok etishdi. O‘rganish jarayonini samarali tashkil etishda Kotibiyat bosh mutaxassisi Mukarram Ne’matullayeva amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

Slide 1 of 3