Olmaliq shahar "Kimyogar" mahallasida joylashgan kutubxona faoliyati tahlil qilindi hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha koʻrib chiqildi.
🔍 Oʻrganishda:
Abdujabbor Djurayev — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2-okrug deputati;
Muhriddin Begmatov — Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi;
Mahalla yoshlar yetakchisi.
🎯 Asosiy maqsad va e'tibor qaratilgan masalalar:
Oʻrganish davomida mahalla yoshlarining kutubxona imkoniyatlaridan qanchalik unumli foydalanayotgani, ularning mutolaaga boʻlgan qiziqishi hamda onlayn va elektron kitoblar bazasidan foydalanish jarayonlari e'tibor markazida boʻldi.
Shuningdek, yosh kitobxonlar uchun zamonaviy sharoitlarni yanada yaxshilash, elektron kutubxona tizimini ommalashtirish hamda kitob fondini boyitish boʻyicha oʻzaro fikr almashindi va zarur tavsiyalar berildi.
"Yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitish va ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda mahallalardagi kutubxonalarning oʻrni beqiyosdir."