35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarda obodonlashtirish davom etmoqda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar va faxriylarning o'rni beqiyos
янв.21
Maktab filialida yangi o‘quv yili oldidan boshlang‘ich sinflarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi
янв.21
O‘rganuv xulosasi bilan og‘ir sharoitli oilaga yangi uy quriladi
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI ASOSIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati B.Obidov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 8-Maorif saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori, Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida "mahallabay" ishlash tizimi orqali yangi imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, Maorif MFY hokim yordamchisi A.Po‘latovning faoliyati o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, mahallada 1 016 ta xonadonda 7 134 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududning asosiy ixtisoslashuvi kosibchilik, nonvoychilik hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdosidan iborat bo‘lib, 148 ta xonadonda kosibchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Yil boshida mahallada 67 nafar ishsiz fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bugungi kunga qadar ularning 43 nafari bandligi ta’minlangan. Jumladan, fuqarolar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshlagan, imtiyozli kreditlar olgan, kasb-hunarga o‘qitilgan hamda o‘zini o‘zi band qilish mexanizmlari orqali daromad manbaiga ega bo‘lgan.

Mahallada bugungi kunda 117 ta ijtimoiy reyestrdagi kambag‘al oila mavjud bo‘lib, ularning barchasi uchun individual dasturlar ishlab chiqilgan. Yil boshidagi 123 ta kambag‘al oilaning 53 tasi kambag‘allik reyestridan chiqarilgan. Qolgan oilalarni ham imtiyozli kredit ajratish, kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish bilan ta’minlash, ssuda va subsidiyalar ajratish hamda kasanachilikka jalb etish orqali kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida davlat ta’minotidagi oilalar faoliyati ham ko‘zdan kechirildi. Xususan, "Zarafshon" ko‘chasi 59-uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy reyestrga kiritilgan Mohiraxon Farhodjon qizi Ahmedovaga yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur asbob-uskunalar xarid qilish maqsadida 15 million so‘m foizsiz kredit ajratilgan. Bugungi kunda u mazkur faoliyat orqali oyiga o‘rtacha 4–5 million so‘m daromad topib, oilasining daromadini oshirishga erishmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini yanada oshirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputat nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4