35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarda obodonlashtirish davom etmoqda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar va faxriylarning o'rni beqiyos
янв.21
Maktab filialida yangi o‘quv yili oldidan boshlang‘ich sinflarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi
янв.21
O‘rganuv xulosasi bilan og‘ir sharoitli oilaga yangi uy quriladi
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
Toqchi MFYda aholi murojaatlari o‘rganildi

 Toqchi MFYda aholi murojaatlari o‘rganildi

✔️ Xalq deputatlari tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi deputatlari birgalikda Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 3-Toqchi saylov okrugi Toqchi mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.

✔️ Muloqot davomida aholini qiynayotgan ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llar, bandlik, ijtimoiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat joyida o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida amaliy choralar belgilandi.

✅ Shuningdek, ayrim masalalar bo‘yicha mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan kelishib olindi.

✅ Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazish, ularning muammo va takliflarini eshitish hamda amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✍️ Ma’lumot uchun: Toqchi MFYda bugungi kunda 4325 nafar fuqaro 635 ta xonadonlarda istiqomat qilib kelmoqda.

Slide 1 of 3