35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida hududlarda obodonlashtirish davom etmoqda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar va faxriylarning o'rni beqiyos
янв.21
Maktab filialida yangi o‘quv yili oldidan boshlang‘ich sinflarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi ochildi
янв.21
O‘rganuv xulosasi bilan og‘ir sharoitli oilaga yangi uy quriladi
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
DMTT faoliyati muntazam deputat nazoratida
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
#Deputat_minbari

Kadastrda ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yiladi

Saylovchilarimiz kadastr xizmatiga murojaat qilganida ortiqcha qog‘ozbozlik va sarsongarchilikka duch kelishayotganini tez-tez aytishadi.

Masalan, bitta hovlini aka-uka o‘rtasida taqsimlash uchun 4 ta ariza, bitta merosni uch nafar merosxo‘rga rasmiylashtirish uchun esa 6 ta ariza topshirish talab etiladi. Buning ustiga, har bir ariza uchun alohida to‘lov qilinadi.

Yana bir muammo – birgina ariza tuman, viloyat va respublika bosqichlarida 30–50 ta jarayondan o‘tadi. Natijada oddiy masalani hal qilishga o‘rtacha 15–20 kun vaqt sarflanadi.

Prezidentimiz rahbarligida 2026-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan taqdimotda aynan shu muammolar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Bu borada joylarda ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda Angren shahrida noqonuniy qurilgan uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish va ularga qonuniylik maqomini berish ishlari davom etmoqda.

Xususan, mening 19-saylov okrugimdagi "Qorabog‘" mahallasida xatlov ishlari yakunlandi. Mahallada 400 dan ortiq xonadon istiqomat qiladi. Xatlov jarayonida ayrim uy-joylarning mulk huquqi hujjatlari rasmiylashtirilмагани aniqlandi. Endi amaldagi tartib asosida ularning huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa fuqarolarning mulkiy huquqlarini himoya qilish va kelgusida turli huquqiy muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.

Eng muhimi, endilikda cadastr xizmatida "Bitta ariza – bitta to‘lov" tamoyili joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini kamaytiradi, vaqt va mablag‘ini tejaydi, xizmatlarni yanada shaffof va qulay qiladi.

Shuningdek, ko‘chmas mulkka oid xizmatlarning aksariyati onlayn shaklga o‘tkazilishi, qaror qabul qilish vakolatlarining hududlarga berilshi hamda ortiqcha burookratik bosqichlarning qisqartirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu o‘zgarishlar, eng avvalo, xalqimizga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini soddalashtirish va fuqarolarning mulkiy huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.