35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
янв.21
Deputat nazorati: oilaviy ajrimning oldi olindi
янв.21
Markaziy tug‘ruqxona kompleksida doimiy komissiya o‘rganuvi yakunlandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - mahalla namunali hududga aylantiriladi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat diqqat-markazida
янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
SESSIYA OLDI O‘RGANISH: KOMMUNAL TIZIMNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Sessiya_oldi_organish #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #dolzarb_40_kunlik #deputatlik_guruhlari

SESSIYA OLDI O‘RGANISH: KOMMUNAL TIZIMNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan kommunal tizimning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalasini o‘rganish maqsadida "Adolat" SDPning Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi deputatlik guruhi a'zosi, "20-Xirmontepa" saylov okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan Birlik mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🕯 O‘rganish davomida Birlik mahallasidagi 29-sonli ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi yangi rusumdagi gaz o‘lchagich uskunasining texnik holati hamda hududni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 2164-sonli transformator punkti (TP) faoliyati joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

📝 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5