Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputatlari G.Absatova va B.Bekmurodovlar tomonidan Yangiqishloq mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma holati, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi.
Muloqot jarayonida ayrim muammolarning uzoq vaqt davomida yechim topmaganligi, mas’ul tashkilotlar tomonidan ayrim masalalarga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganligi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yana-da oshirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, hududdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida har bir murojaat yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklatildi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning ijrosini ta’minlash va ularning qonuniy yechim topishi ustidan deputatlik nazorati o‘rnatilishi ma’lum qilindi.