35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
янв.21
Deputat nazorati: oilaviy ajrimning oldi olindi
янв.21
Markaziy tug‘ruqxona kompleksida doimiy komissiya o‘rganuvi yakunlandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - mahalla namunali hududga aylantiriladi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat diqqat-markazida
янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Murojaat ijobiy hal etildi

Aholi murojaatlarini tinglash, ularni joyiga chiqib oʻrganish va amaliy yechim topish xalq deputatlari zimmasidagi muhim vazifalardan biridir. Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi 25-Orolboʻyi saylov okrugi deputati M.Abduraxmonova tomonidan saylovchilar bilan olib borilayotgan ochiq muloqotlar ham ana shunday ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.

Navbatdagi uchrashuvlardan birida 25-Orolboʻyi saylov okrugi hududidagi Orolboʻyi mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi fuqarolar elektr uzatish tarmoqlariga yaqin oʻsgan daraxt shoxlari xavf tugʻdirayotgani, kuchli shamol va noqulay ob-havo sharoitida elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelishi mumkinligi haqida deputatga murojaat qildilar.

Deputat M. Abduraxmonova mazkur murojaatni nazoratga olib, muammoni joyiga chiqib oʻrgandi. Shuningdek, shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari ishtirokida holat atroflicha tahlil qilinib, xavfsizlikni taʼminlash hamda mavjud muammoni bartaraf etish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi. Zarur ruxsatnomalar rasmiylashtirilgach, amaliy ishlarni qisqa muddatlarda bajarish yuzasidan aniq choralar belgilandi.

Deputat tashabbusi va mutasaddi tashkilotlarning hamkorligi natijasida elektr uzatish tarmoqlariga tegib turgan daraxt shoxlari maxsus texnika yordamida kesilib, xavfli holat bartaraf etildi. Natijada elektr tarmoqlarining barqaror ishlashi taʼminlandi, avariya holatlari va elektr energiyasi uzilishlarining oldini olish uchun zarur sharoit yaratildi.

Eng muhimi, fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masala eʼtibordan chetda qolmadi va deputat tashabbusi bilan qisqa muddatda oʻz yechimini topdi. Orolboʻyi mahallasi aholisi murojaatlariga befarq boʻlmagan deputat M.Abduraxmonovaga hamda muammoni bartaraf etishda ishtirok etgan shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Bu kabi amaliy natijalar deputatlik faoliyatining asosiy mezoni – xalq bilan doimiy muloqot qilish, ularning muammolarini oʻz vaqtida oʻrganish va ijobiy hal etish tamoyili izchil amalga oshirilayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

Slide 1 of 4