35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat nazorati: oilaviy ajrimning oldi olindi
янв.21
Markaziy tug‘ruqxona kompleksida doimiy komissiya o‘rganuvi yakunlandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - mahalla namunali hududga aylantiriladi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat diqqat-markazida
янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilayapti
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugi deputati R. Mavlonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva tomonidan Gilambob mahallasida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, muloqot davomida Mavlonova Ranoga bo'lingan qonun doirasida tushuntirish targ'ibot ishlari amalga oshirildi. “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-415-son) mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Qonunda belgilangan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini ta’minlash borasidagi muhim jihatlar tushuntirildi.

📝 Ochiq muloqot davomida xotin-qizlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi hamda amaliy choralar belgilandi.

✅ Uchrashuv yakunida xotin-qizlar bilan doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va o‘z vaqtida hal etish, ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3