35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasida bo‘ldi

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Bo‘ston mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholini qiynayotgan muammolar,
infratuzilmani yanada yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mahalla yettiligi tomonidan hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Deputat har bir murojaat va taklifni diqqat bilan tinglab, ularning ijrosini ta’minlash hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgiladi. Uchrashuv ochiq muloqot va konstruktiv ruhda o‘tib,
aholini qiynayotgan masalalarni tizimli hal etish hamda mahallada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.
 

Slide 1 of 5