35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
янв.21
Deputat nazorati: oilaviy ajrimning oldi olindi
янв.21
Markaziy tug‘ruqxona kompleksida doimiy komissiya o‘rganuvi yakunlandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - mahalla namunali hududga aylantiriladi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat diqqat-markazida
янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashiga 18-"Chashka" saylov okrugidan saylangan deputat Q.Choriyev hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi T.Gulmatov tomonidan okrug hududiga qarashli "Hurriyat" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahallalarning sanitariya holati, ichki ko‘chalar obodonchiligi, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va shakl berish, ko‘kalamzorlashtirish, ichimlik suvi hamda tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ijtimoiy soha obyektlari, qabristonlar va jamoat maskanlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mahallalarda jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Slide 1 of 3