#jarayon
Birlik MFY hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
❗️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi 15-Birlik saylov okrugi shahar Kengashi kotibiyatidan biriktirilgan shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev tomonidan Birlik mahalla fuqarolar yig'inida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o'rganildi.
📃O'rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo'naltirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratilishi yuzasidan olib borilgan ishlar hamda xonadonbay o'rganish natijalari tahlil qilindi.
📌Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.