35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilayapti
янв.21
Ehtiyojmand oila uyi ta’mirlanmoqda
янв.21
ELEKTR TA'MINOTI - AMALIY NATIJALAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BILAN IJTIMOIY OB’EKT YANGI DASTURGA KIRITILDI
янв.21
Besh tashabbus olipiadasi - Boks bo‘yicha turnir g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Aholi murojaatlari xalq deputatlari bilan birgalikda hal etilmoqda
XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA DOIRASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_faoliyati #Doimiy_komissiya_nazorati #Sessiya_oldi_organish #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

XALQ DEPUTATLARI UCHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI KUN TARTIBIDAGI MASALA DOIRASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar ijrosi doirasida deputatlar tomonidan hududlardagi elektr ta’minoti holati joyiga chiqib o‘rganildi. Jumladan, "12-Nazarbek" saylov okrugi deputati, Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni hamda elektr ta’minotidagi mavjud holat ko‘zdan kechirildi.

⚡️ O‘rganish davomida Uchtepa tumani elektr tarmoqlari bo‘limi mas’ullari tomonidan “RP Vatanparvar” podstansiyasidan chiquvchi “Moskovskiy-1” fiderida yuzaga kelgan avariya sababli Katta Qani, Qoziguzar, Shirin (26-kvartal) mahallalari hamda Sharq Ziyoratgoh Guliston qurilish hududida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilgani haqida ma’lumot berildi.

📝 Deputatlar tomonidan mazkur holatning kelib chiqish sabablari, avariya-ta’mirlash ishlarining borishi hamda elektr ta’minotini qayta tiklash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud muammolarni oldindan aniqlash va aholi uchun noqulayliklarni kamaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📁 O‘rganish yakunida elektr ta’minotidagi uzilishlarni imkon qadar tezroq bartaraf etish, tarmoqlar va elektr qurilmalarining texnik holatini nazorat qilish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun zarur choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi nazorat qilib borilishi belgilandi.

💼 Jarayonda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok etdi.

Slide 1 of 5