35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilayapti
янв.21
Ehtiyojmand oila uyi ta’mirlanmoqda
янв.21
ELEKTR TA'MINOTI - AMALIY NATIJALAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BILAN IJTIMOIY OB’EKT YANGI DASTURGA KIRITILDI
янв.21
Besh tashabbus olipiadasi - Boks bo‘yicha turnir g‘oliblari taqdirlandi
янв.21
Aholi murojaatlari xalq deputatlari bilan birgalikda hal etilmoqda
"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi


"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon shahar bo‘linmasi rahbari, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov tomonidan Andijon shahridagi "Pistamozor" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ma'naviy-ma'rifiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda turli yot g‘oyalardan asrash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarning kelgusidagi maqsad va rejalari bilan yaqindan tanishilib, ularning tashabbuslari, qiziqishlari hamda takliflari tinglandi. Uchrashuv yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish ta'kidlandi.

Slide 1 of 2