35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DMTT muammolariga ijobiy yechimlar topiladi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - ijtimoiy og‘ir sharoitga tushib qolgan oilalarga yangi xonadonlar quriladi
янв.21
Deputat nazorati: oilaviy ajrimning oldi olindi
янв.21
Markaziy tug‘ruqxona kompleksida doimiy komissiya o‘rganuvi yakunlandi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” - mahalla namunali hududga aylantiriladi
янв.21
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati deputat diqqat-markazida
янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 🗣“Bog‘zor” mahallasida mahalla vakillari faoliyati tahlil qilindi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, mahalla vakillarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning ish samaradorligini tahlil qildilar.
Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi. O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishlarda mahalla vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holati, aholining murojaatlari bilan ishlash, mavjud ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
Tahlil jarayonida shuningdek, 162 ta qonun hujjati asosida tuzilgan savolnomalar orqali mahalla vakillarining amaldagi qonunchilik va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
Jumladan, aholining ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududni obodonlashtirish, jamoatchilik bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash kabi yo‘nalishlardagi amaliy ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida tegishli tashkilotlarga yetkazish, ularning ijrosini nazorat qilish va fuqarolarga natijador yechimni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla vakillarining faoliyatini yanada takomillashtirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Deputatlik nazorati — mahalladagi mavjud muammolarni joyida aniqlash, qonunchilik ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim mexanizmidir.

Slide 1 of 2