19¹-modda
🛣️ Ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari o‘rganildi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin-Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov bilan birgalikda Hakimobod mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.
🛣️ Tashrif davomida mahallada yangidan qurilgan ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari yakunlari ko‘zdan kechirilib, bajarilgan ishlarning sifati, belgilangan talablarga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar holati o‘rganildi.
📝 O‘rganish yakunida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini sifatli davom ettirish va mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.