Deputatlik nazorati: ehtiyojmand oilalar xonadonlari o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Shukurov O'tkir Normamatovich tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-25-35-7-101-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur qaror asosida Pastdarg‘om tumanida ehtiyojmand oilalar xonadonlarini energiya tejamkor qilish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar holati nazorat qilindi.
Deputat O‘.Shukurov Boldir MFY, Asqar Muxtor ko‘chasida yashovchi Valiyev Hasan xonadonida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari, yaratilayotgan qulayliklar va energiya tejamkor yechimlarning qo‘llanilishini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.