35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sessiya kun tartibidagi masalalar dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi ekspert guruhi a'zolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas'ul tashkilotlar axborot va hisobotlari tinglanib, ularning ijrosi, amaldagi holati hamda taqdim etilgan materiallar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, sessiyaga kiritilgan qaror loyihalari ekspert guruhi tomonidan dastlabki huquqiy va amaliy jihatdan tahlil qilindi.

Muhokama yakunida doimiy komissiya va ekspert guruhi a'zolari tomonidan tegishli taklif hamda tavsiyalar bildirilib, sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 5