35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat va ichki ishlar organlari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Deputat va ichki ishlar organlari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Хalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati D. Sattarova tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida jamiyatda ma’rifat va ezgu qadriyatlarni keng targ‘ib etish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda qonunchilikka hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga tegishli mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.