35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Mahalla kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 6-"Zafarobod" saylov okrugi deputati M.Ergashev hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev tomonidan "Oydinbuloq" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan mahalla kutubxonasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonaning kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda aholining, ayniqsa yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Ma’lum qilinishicha, kutubxona fondida 1 023 ta badiiy adabiyot hamda 539 ta kompleks darslik mavjud bo‘lib, bugungi kunda 338 nafar a’zo kutubxona xizmatlaridan muntazam foydalanib kelmoqda.

O‘rganish yakunida kutubxona fondini yangi adabiyotlar bilan boyitish, kitobxonlar sonini yanada oshirish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6