35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

MADANIYAT MUASSASALARI FAOLIYATI VA HUDUDDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov tomonidan tuman hududidagi “Qo‘shchinor” madaniyat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati,belgilangan muddatlarga rioya etilishi, shuningdek, madaniy-ma’rifiy maskanlar va hududni zamonaviy talablar asosida obodonlashtirish holatiga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, qurilish va bunyodkorlik ishlarini sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash, hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish, aholi va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 4