🏛 "Dehqonariq" mahallasida saylovchilar bilan uyma-uy uchrashuvlar o‘tkazildi
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati M.Madarqulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan "Dehqonariq" mahallasida saylovchilar bilan individual tarzda uyma-uy uchrashuvlar tashkil etildi.
📝 Uchrashuvlar davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar joyiga chiqib o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha nazoratga olinib, ularning yechimini ta'minlash yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilandi.
🏘 Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot jarayonida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
✅ Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatida saylovchilar bilan muntazam muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish va amaliy yechim topish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.