Festivalda so‘zga chiqqan deputat va faollar mamlakatimizda turli millat va elat vakillari tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitida istiqomat qilayotgani, do‘stlik esa insoniyatni birlashtiruvchi eng oliy qadriyatlardan biri ekanini alohida ta’kidladilar.
Tadbir davomida O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yurtdoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini qaror toptirish, milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etildi.
Shuningdek, do‘stlik va bag‘rikenglik xalqimizning azaliy qadriyatlari ekani, bu fazilatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik, o‘zaro hurmat va birdamlik tuyg‘ularini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga millatlararo totuvlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash yo‘lida ezgu tilaklar bildirildi hamda madaniy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.