Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 4-Novza saylov okrugi deputati, Chilonzor tumani hokimi tomonidan "Novza" mahallasida joylashgan 24-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati hamda muassasaning infratuzilma holati o‘rganildi.
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlanganlik holati yuzasidan muassasa hududidagi futbol maydonchasi hamda suv havzasini joriy ta'mirlash zarurligi aniqlandi.
Mazkur masalalarni bartaraf etish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga zarur topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
✅ Aholi murojaatlari va hududdagi ijtimoiy obyektlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularni bosqichma-bosqich hal etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.