35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Aholi murojaatlari - ijobiy hal etilgunga qadar deputat nazoratida
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ichimlik suvi tarmog‘ini yaxshilash va qo‘shimcha bino qurish uchun sa’y-harakatlar olib borilmoqda
янв.21
MAHALLA RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilayapti
янв.21
Ehtiyojmand oila uyi ta’mirlanmoqda
янв.21
ELEKTR TA'MINOTI - AMALIY NATIJALAR
янв.21
DEPUTAT NAZORATI OSTIDA ELEKTR TA'MINOTI HOLATI O‘RGANILDI VA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR TASHKIL ETILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI BILAN IJTIMOIY OB’EKT YANGI DASTURGA KIRITILDI
янв.21
Besh tashabbus olipiadasi - Boks bo‘yicha turnir g‘oliblari taqdirlandi
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “23-Qorako‘l” saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan “Qorako‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida "Adiblar" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan muloqot o‘tkazildi. Suhbat jarayonida mazkur ko‘chada yashovchi fuqaro J.Xusanov tomonidan ko‘chadagi 5 ta yog‘och elektr tayanchini yangi temir-beton tayanchlarga almashtirish, shuningdek, 42-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududi yaqinida joylashgan elektr tayanchlarini xavfsizlik talablaridan kelib chiqib boshqa, xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat deputatning “Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3