Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masala tuman elektr ta’minoti bo‘limining faoliyati yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu munosabat bilan deputat D.Jabborova tomonidan Sanchiqul MFY Birdamlik ko‘chasida ko'chaboshi R.Xurramova hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mavjud muammolari tinglandi.
Suhbat davomida, elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, xususan, ayrim elektr simyog‘ochlari yaroqsiz holatga kelgani, bu esa xavfsizlik va elektr ta’minoti barqarorligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi bildirildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli takliflar shakllantirilib, sessiya muhokamalarida ko‘rib chiqish uchun o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Muammo – o‘rganish – yechim tamoyili asosida ishlar davom etmoqda.