35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova o‘z deputatlik faoliyati doirasida tumandagi "Guliston" MFYda bo‘lib, hudud aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova o‘z deputatlik faoliyati doirasida tumandagi "Guliston" MFYda bo‘lib, hudud aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi.
Saylovchilar bilan uchrashuvda D.Safarova fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamda maxalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha murojaatlarni birma-bir tingladi.

Muloqot davomida bildirilgan ko‘plab masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt va atroflicha o‘rganish talab etadigan murojaatlar shaxsiy deputatlik nazoratiga olindi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.