Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna mahalla faollari bilan birgalikda saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
Hududni kompleks o‘rganish jarayonida ko‘cha va ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, sanitariya-tozalik, kommunal infratuzilma, ijtimoiy obyektlar faoliyati hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqqan holda batafsil tahlil qilindi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, ularni bosqichma-bosqich hal etish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Mazkur o‘rganish ishlari hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish hamda saylov okrugida qulay va xavfsiz yashash muhitini ta'minlashga qaratilgan deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.