35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Yo‘l infratuzilmasi masalalarida amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F. Turayev tomonidan o‘ziga biriktirilgan soha va qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Pastdarg‘om tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bilan amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🤝 Hamkorlik doirasida tumandagi avtomobil yo‘llari va ichki ko‘chalarning holatini o‘rganish, ularni ta’mirlash va saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish belgilandi.

🚧 Shuningdek, hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan yo‘l bilan bog‘liq muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni tizimli hal etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

📋 Uchrashuv davomida yo‘llarni saqlash sifati, joriy va kapital ta’mirlash ishlari, xavfsiz harakatlanish uchun zarur sharoitlarni yaratish sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi masalalari muhokama qilindi.