35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sport maktabida yaratilgan sharoitlar va sanitariya holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar 2-sonli sport maktabida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sport maktabida faoliyat yuritayotgan sport seksiyalari, ularda mashg‘ulotlar olib borish uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport inventarlari va zaruriy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sportchilarga xizmat ko‘rsatuvchi yuvinish xonalari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, suv ta’minoti, tozalik holati hamda sanitariya uskunalarining texnik va ishchi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida sportchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish, mavjud infratuzilmani samarali saqlash, sanitariya me’yorlariga qat’iy rioya etish hamda sport mashg‘ulotlari sifatini yanada oshirish masalalari mas’ullar bilan muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6