Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar 2-sonli sport maktabida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida sport maktabining suzish sporti seksiyasi, basseyn majmuasi hamda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Xususan, basseyn suvining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, suvni tozalash va zararsizlantirish tizimlarining ishlash holati, suv sifatini muntazam nazorat qilish tartibi hamda sanitariya me’yorlariga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, sportchilar salomatligini muhofaza qilish, basseyn hududining tozaligi, kiyinish va yuvinish xonalarining holati hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalari ham tahlil qilindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi